Asosiy kontentga oʻtish

Koʻr. Oʻzgartir. Tushun. Davom et.

Matematikadan natijangiz — oʻsuvchi funksiya

Video darslar, kunlik masalalar va sinov testlari — hammasi oʻzbek tilida, tushunarli va tizimli.

Ochiq testlar
189Roʻyxatdan oʻtgan oʻquvchi55%Yakunlangan testlar oʻrtachasi

Oʻrtacha natija: barcha davrdagi 1603 ta yakunlangan yoki vaqti tugagan, balli mavjud urinish hisoblangan. Qayta urinishlar ham kiradi; bu oʻsish yoki sertifikat kafolati emas.

Grafikni sinab koʻring

a va b ni siljiting — egri, formula va izoh birga oʻzgaradi. Bu kichik demo.

xy

y = x²

Egri tepaga ochiladi. Eng past nuqta (0; 0).

Tepa nuqta: (0; 0)

Bu interaktiv misol. Test va darslar alohida, AI-tutor emas.

  1. 01

    Har bir xatoga — aniq izoh

    Notoʻgʻri variantni tanlasangiz, aynan shu xatoning sababi koʻrsatiladi. Xatolar kitobda toʻplanadi va qayta soʻraladi.

  2. 02

    Boʻlimma-boʻlim yoʻl xaritasi

    Kurs modullarga boʻlingan: nazariya, video va test bosqichlari ketma-ket ochiladi — nimadan boshlashni oʻylab oʻtirmaysiz.

  3. 03

    Imtihon rejimidagi testlar

    Taymer va baholash serverda. Mashq rejimida javob darhol tekshiriladi, imtihon rejimida — oxirida, xuddi haqiqiy imtihondagidek.

Kunlik masalalar — har kuni 09:00 da Telegramda

Yechim kechqurun kanalda eʼlon qilinadi

t.me/primematematika

Savol-javob

Matematikaga tayyorgarlik — savollarga javoblar

Milliy sertifikat matematika imtihoni qanday oʻtadi?

Milliy sertifikat — bilim darajasini rasmiy tasdiqlaydigan imtihon: yuqori natija koʻplab OTMlarga imtiyoz beradi. Matematika boʻyicha savollar maktab dasturining asosiy mavzularini qamrab oladi — sonlar va amallar, boʻlinish belgilari, EKUB va EKUK, kasrlar, foizlar, tenglamalar, funksiyalar va geometriya. Muvaffaqiyatning kaliti — mavzularni tartib bilan oʻzlashtirish va koʻp masala yechish: imtihonda vaqt cheklangan, shuning uchun tezlik ham aniqlik kabi muhim.

DTM testlariga qanday tayyorlanish kerak?

Eng samarali yoʻl — muntazamlik: har kuni oz-ozdan yechish bir haftada bir marta koʻp yechishdan kuchliroq ishlaydi. Avval mavzu nazariyasini oʻrganing, keyin shu mavzudan test yeching va eng muhimi — har xatoni tahlil qiling: qaysi qoidani notoʻgʻri qoʻllaganingizni aniq bilmasangiz, xato yana takrorlanadi. Prime Matematikaʼda har savolning yechim yoʻli yozilgan, xatolaringiz esa alohida daftarga toʻplanib, takrorlash uchun qaytib keladi.

Prime Matematikaʼda nima bor?

Platformada mavzulashtirilgan testlar (har biriga izohli yechim), video va matnli darslar, har kuni bitta yangi kunlik masala, xatolar ustida ishlash tizimi va jonli darslar bor. Har bir yechilgan test ball beradi — unvonlar va reyting orqali oʻsishingizni kuzatib borasiz. Boshlash bepul: roʻyxatdan oʻting, tanishuv testini yeching va bugunoq kunlik masaladan odat boshlang.